Buxgalteriya axborotining sifat tavsiflari
Shaxnoza Raxmatova
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2023, vol. 1, issue 11
Abstract:
Mazkur maqolada buxgalteriya axborotining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining hisobini yuritish va tahlilqilishda tutgan o‘rni hamda undan foydalanuvchilarning samarali qarorlar qabul qilishdagi ahamiyati haqida so‘z boradi.Yuqori tezlik bilan o‘zgarib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektning muvaffaqiyatli faoliyatyuritishiga muvofiq buxgalteriya axboroti ta’minotiga ega bo‘lishining ahamiyati beqiyos. Aynan buxgalteriya axborotiningyuqori sifatda bo‘lishi uning foydalilik darajasini oshiradi, shu sababdan buxgalteriya axborotining sifat tavsiflari ushbu ilmiytadqiqot ishining obyekti hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida, mazkur ilmiy maqolaning dolzarbligini belgilaydi. “Buxgalteriyaaxborotining sifati” tushunchasi uni ko‘rib chiqish doirasidan kelib chiqqan holda, turli xil talqin qilinadi. Shu sababli bu tushunchaninghar xil sharhlari mavjud. Biroq yondashuvlarning turli ekanligiga qaramay, buxgalteriya axboroti sifati doimo xolis,ishonchli va xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan jarayonlar va hodislarni to‘liq aks ettirishi lozim,chunki u xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga beriladigan bahoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.Buxgalteriya axborotining sifatiga qo‘yiladigan talab, aslida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlariga hamdaulardagi axborotning turli foydalanuvchilar qaroriga ta’sir qiluvchi asosiy tavsiflariga qo‘yiladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.Maqolada buxgalteriya axboroti asosida foydalanuvchilarning samarali qarorlar qabul qilishini ta’minlash maqsadida, buxgalteriyaaxborotining shakllanish uslublarini yaxshilash hamda ularning sifatiga qo‘yilgan talablar ko‘rib chiqilgan bo‘lib,ularni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar keltirilgan. Shuningdek, buxgalteriya axborotining zamonaviy boshqaruvtizimining talablariga muvofiq moslashuvi bo‘yicha “buxgalteriya axborotining sifati”, “sifat mezonlari” va “sifat darajasi”tushunchalari yoritib berilgan. Ilmiy izlanishlar jarayonida samarali qarorlar qabul qilish uchun har qanday foydalanuvchilargabuxgalteriya axborotini foydali bo‘lishiga ta’sir qiluvchi buxgalteriya axboroti sifat tavsiflarini muayyan, bir-birigabog‘langan holda tizimlashtirilib qo‘llanilishi kerakligi isbotlangan. Shuning evaziga buxgalteriya axboroti sifatining o‘zarobog‘langan va o‘zaro qaram bo‘lgan tavsiflari bir tizimga keltirilib, xulosalar berilgan.
Keywords: buxgalteriya axboroti; tahlil; buxgalteriya hisobi; buxgalter; hisob registrlari; buxgalteriya axboroti sifat tavsifi; moliyaviy hisobotlar; xo‘jalik yurituvchi subyekt; samarali boshqaruv qarorlari; foydalanuvchilar; moliyaviy holat. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2023
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/233 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... cle/download/233/225 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:1:y:2023:i:11:id:233
DOI: 10.55439/GED/vol1_iss11-12/a233
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().