Biohududlar yashil maqsadlarga erishish yoʻlidagi ahamiyati
Firuza Galimova and
Nilufar Dexkanova
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2024, vol. 2, issue 11
Abstract:
Dunyo miqyosida jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan qishloq xoʻjaligi (CSA), fermer bozorlari, qaytatiklanuvchi qishloq xoʻjaligi kabi tashabbuslar oziq-ovqat tizimlari va qishloq joylarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan.Ushbu tashabbuslar, asosan, mahalliy muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, biohududlar ekologik, ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy jihatlarni birlashtirgan holda barqaror rivojlanish uchun integrasiyalangan yondashuvni taklif etadi.Evropadagi muvaffaqiyatli biohududlar misoli va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik ta'sirlarini tahlil qilish asosida,ushbu konsepsiyaning Oʻzbekiston sharoitida dolzarbligini baholash imkoni yaratiladi.Oʻzbekistonda biohududlarning joriy etilishi mamlakatning yashil maqsadlariga erishishda, shuningdek, atrof-muhit vaijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Evropadagi biohududlarningmahalliy rivojlanishga ta'sirini oʻrganish orqali Oʻzbekistonda jamiyat barqarorligini oshirish va ijtimoiy hamjihatliknimustahkamlash boʻyicha muhim ilmiy asoslar yaratiladi. Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish, atrof-muhitnimuhofaza qilish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan aniq siyosat va dasturlarni ishlab chiqishga yordam beradi.Garchi Oʻzbekistonda biohududlarga oid maxsus siyosat hozircha mavjud boʻlmasa-da, mavjud strategiyalar ularni milliysiyosatga integrasiya qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keywords: biohudud; qishloq joylarini rivojlantirish; jamiyat barqarorligi; barqaror rivojlanish; atrof-muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolar. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2024
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/3693 Abstract page (text/html)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:2:y:2024:i:11:id:3693
DOI: 10.5281/zenodo.14381441
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().