EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

Neft-gaz korxonalari moliyaviy-iqtisodiy faoliyati natijalari tahlili (“O‘ZBЕKNЕFTGAZ” AJ misolida)

Jamoliddin Umurzoqov

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2024, vol. 2, issue 4

Abstract: Neft-gaz majmuasi – neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash hamda ularning mahsulotlarini taqsimlashbilan shug‘ullanuvchi sanoat tarmoqlari guruhini o‘z ichiga olib, iqtisodiyotni rivojlantirishda ham ichki, ham tashqibozorda muhim o‘rin tutadi [1]. Ayni paytda neft-gaz sanoati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizniijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyoti xom ashyonirivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sohasini kengaytirish modeliga e’tibor qaratish bilan ajralibturishini hisobga olsak, uning barqarorligi mineral-xomashyo kompleksi, yoqilg‘i-energetika ta’minoti, birinchi navbatda,neft-gaz sektorining holati va rivojlanishiga sezilarli darajada bog‘liq deb aytish mumkin bo‘ladi.Neft-gaz majmuasi faoliyatidan olinadigan daromadlar mamlakat yalpi ichki mahsulotiga salmoqli hissa qo‘shib, budjetningsalmoqli qismini tashkil etadi. Neft-gaz korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va ularning natijalari ko‘p jihatdanhozirgi global bozor sharoitlariga bog‘liq. Shu bilan birga, neft va tabiiy gaz narxini tartibga solish va yetarlicha ishonchliprognoz qilish juda qiyin. Neft narxining sezilarli o‘zgarishi nafaqat neft qazib oluvchi kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga,balki butun respublika iqtisodiyotining holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Shu o‘rinda, yoqilg‘i-energetika sohasi, xususan, neft-gaz sanoati moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta’minlashda,geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar muhimligini ta’kidlash lozim[2].Mazkur maqolada neft-gaz majmuasi sanoatining mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi, faoliyat yo‘nalishlar sohayetakchisi bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati misolida ko‘rib chiqiladi. Jamiyatning bozorda egallagan o‘rnihamda moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda mavjud risklar SWOT-tahlili asosida ko‘rib chiqiladi.So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida va umaman mintaqada energetika ta’minoti sohasida yuzaga kelgannobarqaror vaziyat fonida neft va gaz bozoridagi mavjud vaziyat tahlili o‘tkazildi, korxonada faoliyat yo‘nalishlari hamdauning rivojlanish ko‘rsatkichlari baholandi. Ushbu tahlil taraqqiyot nuqtayi-nazaridan kompaniyalarning rivojlanishi va yaxshilanishiniko‘rish imkonini beradi.

Keywords: ekologik; ijtimoiy va korporativ boshqaruv; ESG; SWOT-tahlil; likvidlik; investitsiyalar; sof foyda; harajatlar; reyting agentliklari; operatsion faoliyatdan olingan pul oqimi; uglevodorodlar zaxirasi. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2024
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1634 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/1634/1679 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:2:y:2024:i:4:id:1634

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:2:y:2024:i:4:id:1634