ICHKI BOZORDA PARRANDA GO‘SHTI MAHSULOTINING NARX BARQARORLIGI VA KELGUSI TENDENSIYALARINI EKONOMETRIK MODELLAR ORQALI BAHOLASH
Olimjon Jumayev
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 12
Abstract:
Mazkur tadqiqot orqali parranda go‘shti mahsuloti narxlarini ekonometrik yondashuvlar asosida prognozlashmodeli ishlab chiqildi hamda ichki bozordagi raqobat muhiti kompleks tahlil qilindi. Parranda go‘shtining kelgusi 3 oydakutilayotgan narxlarini prognozlash Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan 5 yillik narxlardan foydalanilib,ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modellaridan foydalanildi. Ishning dolzarbligi parranda go‘shtinarxining yuqori oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq boʻlib, bu aholining turmush darajasi, inflyatsiya darajasi, iqtisodiy barqarorlikva ijtimoiy rivojlanishga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ishlab chiqilgan model davlat organlarining narxlar dinamikasini prognozqilish, bozorni oʻz vaqtida tartibga solish va inqiroz ssenariylarini oldini olishda qoʻllanilishi mumkin.Tadqiqot doirasida parranda go‘shti narxlariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar kompleks yondashuv asosida tahlilqilindi. Jumladan, ichki bozorda ishlab chiqarish hajmi va taklif dinamikasi, parrandachilikda ozuqa (omuxta yem, soyashroti, yog‘lar va vitamin qo‘shimchalari) narxlarining o‘zgarishi, nasldor ona jo‘jalar importiga bog‘liqlik, import bozorituzilmasi va konsentratsiya darajasi, shuningdek chakana savdo tarmoqlarida narx shakllanish mexanizmlari baholandi.Shuningdek, tashqi omillar sifatida jahon bozorida go‘sht mahsulotlari narxlari dinamikasi, xalqaro logistika xarajatlari,valyuta kurslari o‘zgarishi hamda global oziq-ovqat bozoridagi shoklar ta’siri o‘rganildi. Ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligiva ularning parranda go‘shti narxlari barqarorligiga ta’siri ekonometrik usullar orqali asoslab berildi.Tadqiqot oziq-ovqat xavfsizligi muammolari uchun ARIMA modelining ustunligini namoyish etadi, shuningdek, kelgusiishlarda ekzogen omillarni birlashtirish zarurligini taʼkidlaydi.
Keywords: Parranda go‘shti; talab va taklif; import; bozor konsentratsiyasi; HHI indeksi; ARIMA modeli; oziq-ovqat xavfsizligi. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/8394 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/8394/6605 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:12:id:8394
DOI: 10.5281/zenodo.18037047
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().