EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI

Firdavs Isrofilov

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 12

Abstract: Haddan tashqari ko‘p turistlar tashrifi (overtourism) turistik oqimning keskin o‘sishi natijasida hududningekologik, ijtimoiy va infratuzilmaviy sig‘imiga ortiqcha yuklanish yuzaga kelishi, mahalliy aholi farovonligining pasayishihamda turistlar taassurotlarining salbiylashuvi bilan bog‘liq holat sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada hududdagituristik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishi sharoitida haddan tashqari turistlar yuklanishi ta’sirini kamaytirish usullariilmiy asosda tizimlashtirildi va Samarqand viloyati misolida (madaniy va shahar turizmi) 2024-yilda rasmiy ma’lumotlarasosida tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi doirasida qiyosiy-tahliliy yondashuv, keys-tadqiqot, indikatorlar tizimi(oqim–sig‘im–bosim–ta’sir) hamda boshqaruv instrumentlari portfelidan foydalanildi. Natijalar bo‘limida O‘zbekistonbo‘yicha 2024-yilda turistik maqsadda kelgan chet el fuqarolari soni 8,2 mln nafarni, Samarqand viloyatida esa 2 mln 523ming nafardan ortiq xorijiy va 4 mln 715 ming nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurgani asosida hududiy bosim nuqtalari,kunlik va mavsumiy zichlik, shahar markazida funksional tiqilish hamda servis inflyasiyasi kabi xatarlar aniqlab berildi.Xorijiy tajribada (Venesiya, Amsterdam, Barselona) qo‘llanilayotgan tarif, kvota, vaqt-slot, litsenziya va raqamli nazoratmexanizmlari bilan qiyosiy tahlil asosida Samarqand shahri uchun amaliy takliflar paketi ishlab chiqildi. Jumladan, “ertaogohlantirish indeksi”, dinamik narxlash mexanizmi, piyodalar hududlari rejimi, avtoturistlar uchun “park&ride” tizimi, tarixiymarkazda qisqa muddatli ijara litsenziyasi, turistik oqimni tumanlar bo‘yicha diversifikatsiya qiluvchi klaster yo‘nalishlarihamda jamoa manfaatlarini ta’minlovchi “foyda taqsimoti” modeli taklif etildi.

Keywords: haddan tashqari ko‘p turistlar tashrifi; barqaror turizm; turistik manzil; madaniy turizm; shahar turizmi; bardoshlilik sig‘imi; oqimni boshqarish; raqamli monitoring (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/8750 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/8750/6949 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:12:id:8750

DOI: 10.5281/zenodo.18230953

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:12:id:8750