EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

“Yashil” obligatsiyalar va investitsiyalar-“yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy manbalari

To‘xtabek Raximov and Bobur Sharipbayev

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 1

Abstract: Ushbu maqola yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy vositalarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi.Asosiy e’tibor yashil obligatsiyalar va yashil investitsiyalarga qaratilib, ularning atrof-muhitga ta’siri, iqtisodiy barqarorliknita’minlashdagi roli va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. Maqolada “yashil” obligatsiyalarbozori, ularning xususiyatlari va global tajribalar misolida muhokama qilinadi. Shuningdek, “yashil” investitsiyalar orqalibarqaror energetika, ekologik infratuzilma va tabiiy resurslarni boshqarish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarningijtimoiy-iqtisodiy foydalari ko‘rib chiqiladi. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdagi muhim masalalardan biri ushbu jarayonnimoliyalashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda “yashil” yoki “ekologik” moliya atamasining umumqabul qilingan ta’rifimavjud emas. Birinchidan “yashil iqtisodiyot”ga oid aksariyat adabiyotlarda “yashil moliyalashtirish” tushunchasigata’rif berilmagan, ikkinchidan, mavjud kam sonli ta’riflar mazmunan bir-biridan keskin farq qiladi. Ushbu tadqiqot yashilmoliyalashtirish bo‘yicha samarali strategiyalarni shakllantirish va kelajakda barqaror rivojlanishni ta’minlashda foydalibo‘lishi mumkin. Moliya bozorlari “yashil moliyalashtirish”ning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”sohasida turli tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar “yashil moliyalashtirish” tushunchasiningmohiyatini ochib berishga harakat qilishgan. Jumladan, Bloomberg New Energy Finance kompaniyasi mutaxasislari “yashilmoliya”lar “yashil investitsiyalar” bilan bir qatorda qo‘llaniladi, ammo amaliyotda “yashil moliyalashtirish” investitsiyalarganisbatan kengroq tushuncha sifatida ishlatiladi, deb hisoblashadi. Pricewaterhouse Coopers Consultants konsaltingkompaniyasi mutaxassislari tomonidan berilgan ta’rif esa “yashil moliyalashtirish”ni bank sektori nuqtai nazaridantavsiflashga asoslanadi. Ularning fikricha, bank sohasi uchun “yashil moliyalashtirish” ekologik omillarni hisobga oluvchimoliyaviy mahsulot hisoblanadi va ushbu tamoyilga kredit berish jarayonidan boshlab to kredit yopilish oralig‘idagibarcha jarayonlarda amal qilinadi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, “yashil iqtisodiyot”ni moliyalashtirishga bo‘lganehtiyojni qondirish imkoniyatlari mavjud. Barcha “yashil loyihalar” jiddiy moliyalashtirishni talab etadi. “Yashil loyihalar”nian’anaviy usullar yordamida moliyalashtirishda risk darajasi yuqoriligi sabab ular investitsiya nuqtai nazaridan jozibadorhisoblanmaydi. Moliya, bank va sug‘urta investitsiyalari “yashil iqtsodiyot”ga sarflanayotgan xususiy investitsiyalarningmuhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Mikromoliyalashtirish esa qishloq xo‘jaligi darajasida muhim o‘rin egallashi mumkin.U past daromadli aholiga o‘z mablag‘larini resurslar va energiyani tejashga joriy qilish hamda ushbu faoliyatning riskdarajasini pasaytirish imkonini beradi.

Keywords: yashil energiya; xorijiy investitisiya; energiya ehtiyojlari; energiya manbalari; noan’anaviy energiya manbalari; qayta tiklanadigan energiya; muqobil energiya; energiya samaradorligi; milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/4389 Abstract page (text/html)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:1:id:4389

DOI: 10.5281/zenodo.14846208

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:1:id:4389