Yashil iqtisodiyotni innovasion rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini baholash
Dilfuza Rasulova
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3
Abstract:
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotni innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishning iqtisodiysamaradorligini baholash masalalari atroflicha tahlil qilingan. Jahon amaliyotida yashil iqtisodiyotni baholashda iqtisodiy,ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarni kompleks, o‘zaro bog‘liq holda baholash zarurligi taʼkidlanadi. Shu nuqtayi nazardan,maqolada barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida resurslardan oqilona foydalanish, texnologik yangilanishlar vainvestitsion faollikni oshirish orqali milliy iqtisodiyotdagi ekologik yuklamani kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinmoqda.Asosiy e’tibor 1990–2022-yillar davomida mamlakatdagi CO₂ (uglerod oksidi) chiqindilarining dinamikasi va ularningiqtisodiyot tarmoqlariga taʼsiriga qaratilgan. Ilmiy tahlillar asosida yashil texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiyamanbalari va resurs tejamkor innovatsiyalarning iqtisodiy samarasi ko‘rsatib berilgan. Maqolada milliy va xalqaro tajribaasosida O‘zbekiston uchun mos innovatsion yondashuvlar tavsiya etilmoqda. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishiga qarshikurashishda iqtisodiy mexanizmlar — soliq imtiyozlari, investitsion rag‘batlar va uglerod chiqindilarini baholash tizimi kabiinstrumentlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ilmiy ish natijalari O‘zbekistonda barqaror va ekologik tozaiqtisodiyot modelini shakllantirishda amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Keywords: yashil iqtisodiyot; iqtisodiy samaradorlik; innovatsiya; ekologik tizim; qayta tiklanuvchi energiya; investitsiya; innovatsion rivojlanish. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/6485 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/6485/4747 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:id:6485
DOI: 10.5281/zenodo.16686551
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().