EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

RAQAMLI MUHITDA REKREATSION XIZMATLAR MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Zumrad Usmanova

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2026, vol. 4, issue 5

Abstract: So‘nggi yillarda aholining hayot sifati, sog‘lom turmush tarzi va madaniy dam olishga bo‘lgan ehtiyojisezilarli darajada oshdi. Urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi, ish faoliyatida stress omillarining ortishi hamda ichkiturizmni rag‘batlantirish siyosatining faollashuvi rekreatsion xizmatlar bozorini strategik ahamiyatga ega sohalardanbiriga aylantirdi. Shu nuqtai nazardan, rekreatsion xizmatlar marketingini ilmiy asosda takomillashtirish masalasi dolzarbahamiyat kasb etadi. Chunki raqobat muhitida rekreatsion obyektlar va dam olish maskanlarining barqaror rivojlanishisamarali marketing strategiyalariga bevosita bog‘liq.O‘zbekistonda so‘nggi besh yil davomida turizm va rekreatsiya sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish va qo‘llabquvvatlashgaqaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunningyangi tahriri turizm va rekreatsion faoliyat subyektlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berdi. Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorlar sohada institutsionalislohotlarni chuqurlashtirdi.Bundan tashqari, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida turizm va rekreatsiyainfratuzilmasini rivojlantirish, ichki va ekologik turizmni kengaytirish, sog‘lomlashtirish maskanlarini modernizatsiya qilishvazifalari belgilandi. Mazkur huquqiy va strategik asoslar rekreatsion xizmatlar bozorini tartibga solish, investitsiya muhitiniyaxshilash va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.Shunday qilib, rekreatsion xizmatlar marketingini takomillashtirish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, balkidavlatning turizm va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan siyosatini amalga oshirishda muhim vosita sifatida namoyonbo‘ladi.

Keywords: rekreatsiya; rekreatsion xizmatlar; rekreatsion hududlar; xizmatlar marketingi; rekreatsion xizmatlar marketingi; iste’molchi tajribasi; tajriba marketingi; xizmat sifati; SERVQUAL; mijoz qoniqishi; raqobatbardoshlik; turistik destinatsiya; infratuzilma; raqamli marketing; marketing kommunikatsiyalari; pozitsiyalash; qiymat taklifi; urbanizatsiya; sog‘lom turmush tarzi; dam olish industriyasi; mijozlar sadoqati; xizmatlar bozori; innovatsion marketing; integratsion marketing modeli. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2026
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... D/article/view/10682 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... /download/10682/8837 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:5:id:10682

DOI: 10.5281/zenodo.20446565

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:5:id:10682