EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

MARKAZIY OSIYODA OZIQ-OVQAT NARXLARI INFLATSIYASINING UZOQ MUDDATLI DINAMIKASI (2005–2025): O‘ZBEKISTONGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILGAN QIYOSIY TAHLIL

Shahlo Davirova and Sevinch Nasirullayeva

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2026, vol. 4, issue 6

Abstract: 2005–2025-yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat narxlariinflatsiyasining uzoq muddatli dinamikasi o‘rganilib, O‘zbekiston hamda uning qo‘shni davlatlari misolida qiyosiytahlil amalga oshirilgan. Tadqiqotda tavsifiy va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda oziq-ovqat inflatsiyasining tendensiyalari, o‘zgaruvchanlikxususiyatlari hamda yirik global shoklarning ta’siri baholangan.Natijalar mintaqada oziq-ovqat inflatsiyasining barqaror o‘sish tendensiyasi mavjudligini hamda ayniqsa2008-yildan keyingi davrda yuqori darajadagi o‘zgaruvchanlik kuzatilganligini ko‘rsatdi. Tahlil davomida ikkitamuhim global hodisa — 2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozi va COVID-19 pandemiyasi inflatsiya sur’atlariningkeskinlashuvi hamda narxlar dinamikasidagi tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy omillari sifatida baholandi.Mazkur shoklarning ta’siri mamlakatlarning importga qaramlik darajasi, qishloq xo‘jaligi salohiyati vamakroiqtisodiy siyosat mexanizmlariga qarab turlicha namoyon bo‘lgan. O‘zbekistonda 2017-yilgacha nisbatanbarqaror inflatsiya trayektoriyasi kuzatilgan bo‘lsa, valyuta kursi erkinlashtirilganidan so‘ng inflatsiya darajasi vauning o‘zgaruvchanligi sezilarli ravishda oshgan. Bu holat valyuta kursi orqali narxlarga ta’sir qilish mexanizmikuchayganligini hamda mamlakatning jahon tovar bozorlaridagi narx o‘zgarishlariga nisbatan sezgirligiortganligini anglatadi.Mamlakatlar kesimidagi qiyosiy tahlil Qozog‘istonda inflatsiya o‘zgaruvchanligi nisbatan past ekanligini,Qirg‘iziston va Tojikistonda esa tashqi shoklarga yuqori sezgirlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar MarkaziyOsiyoda oziq-ovqat inflatsiyasi tashqi shoklar va ichki tarkibiy omillar ta’sirida shakllanishini tasdiqlaydi. Shubilan birga, iqtisodiy liberallashuv va narxlar barqarorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, mahalliy ishlabchiqarish tizimlarini mustahkamlash hamda makroiqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.

Keywords: oziq-ovqat inflatsiyasi; Markaziy Osiyo; O‘zbekiston; inflatsiya o‘zgaruvchanligi; valyuta kursi ta’siri; global shoklar; qiyosiy tahlil; makroiqtisodiy barqarorlik (search for similar items in EconPapers)
Date: 2026
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... D/article/view/10885 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... /download/10885/9027 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:6:id:10885

DOI: 10.5281/zenodo.20637007

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:6:id:10885