JSTga a’zolik Yangi O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga olamshumul integratsiyalashtiradi
Muxiddin Kalonov
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2023, vol. 1, issue 8
Abstract:
So‘nggi olti yilda mamlakatimiz xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik masalasigajiddiy e’tibor berib kelmoqda. Bu borada turli iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik asosidamilliy iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirish masalasiga ustuvor maqsad sifatida yondashilmoqda.Jahon savdo tashkiloti – dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy, jahon mamlakatlarining o‘zaro savdo hamdasavdo siyosati rejimini boshqaruvchi xalqaro tashkilot. Xalqaro savdoda tashkilotga a’zo va ishtirokchimamlakatlar uchun majburiy bo‘lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan hukumatlararo ko‘p tomonlamashartnomalar asosida faoliyat olib boradi. Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (General Agreementon Tarifs and Trade – GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Bosh idorasi Shveytsariyada(Jeneva). JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yo‘li bilan davlatlar savdo siyosatiga ta’sir ko‘rsatish,savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qat’iy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yig‘ilishlaro‘tkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqa vazifalarni bajaradi. JSTningoliy organi – barcha a’zo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi bo‘lib, kamida 2-yilda bir-marta o‘tkaziladi.Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi bo‘yicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash, intellektualmulk masalalari bo‘yicha kengash), sekretariat, doimiy qo‘mitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati a’zomamlakatlarning o‘zaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, to‘siqlari)ni qo‘llash bilan himoyaqilishga qaratilgan. A’zo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa a’zolarigasavdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qo‘llaydi, o‘zichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi.
Date: 2023
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1230 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/1230/1252 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:1:y:2023:i:8:id:1230
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().