EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI BOZORIDA KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH

Jasur Xudayberganov

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 11

Abstract: Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bozor holati, iste’molchilar talabi va raqobat muhiti tez o‘zgarib borayotgan bir paytda marketing strategiyalaridan samarali foydalanish korxonalar faoliyatining barqarorligini ta’minlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.Tadqiqotda raqobat ustunligini shakllantirishda diversifikatsiya, differensiasiya, narx bo‘yicha yetakchilik, fokuslash hamda raqamli marketing strategiyalarining o‘zaro ta’siri o‘rganilgan. Porterning raqobat ustunligi modeli, Ansoffning bozor rivojlantirish matritsasi va Kotlerning zamonaviy marketing konsepsiyalariga tayangan holda marketing strategiyalarining samarali qo‘llanishi korxonaning ichki imkoniyatlari, mahsulot innovatsiyasi va bozor pozitsiyasiga bevosita ta’sir etishi aniqlangan.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, marketing strategiyalaridan kompleks foydalanish korxonalar raqobatbardoshligini oshirib, eksport salohiyatini kengaytiradi, brend qiymatini mustahkamlaydi va barqaror daromad oqimini shakllantiradi. Ayniqsa, raqamli marketing vositalaridan (onlayn savdo, agroplatformalar, CRM tizimlari) foydalanish korxonalarga yangi segmentlarni egallash va mijozlar bilan doimiy aloqa o‘rnatish imkonini bermoqda.Maqola yakunida qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun marketing strategiyalarini optimallashtirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords: raqobatbardoshlik; marketing strategiyasi; diversifikatsiya; differensiasiya; narx bo‘yicha yetakchilik; raqamli marketing; qishloq xo‘jaligi bozori; innovatsiya (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/7608 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/7608/5834 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:11:id:7608

DOI: 10.5281/zenodo.17539443

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:11:id:7608