Tijorat banklarida aktivlarni sekyuritizatsiyalash tizimini takomillashtirish
Akbarali Axmedov
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 4
Abstract:
Ushbu maqolada aktivlarni sekyuritizatsiyalash va bank aktivlarini sekyuritizatsiyalash tushunchalariningiqtisodiy mohiyati va mazmuni, shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi yoritilgan.Aktivlarni sekyuritizatsiyalash tushunchasining tasnifi, kredit riskini boshqa shaxsga o‘tkazishning zamonaviy moliyaviymexanizmlari va kredit riski darajasini pasaytirish vositalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizda aktivlarnisekyuritizatsiyalash amaliyotini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish zaruratiasoslab beriladi. Maqolada tijorat banklari aktivlarini sekyuritizatsiyalash shakllari va usullarini ishlab chiqish, globalsekyuritizatsiyalashgan aktivlar bozori faoliyati hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Rivojlanganmamlakatlarda aktivlarni sekyuritizatsiyalashning zamonaviy derivativ turlari o‘rganilib, ularning samaradorligi baholanadi.Ipoteka bilan ta’minlangan aktivlarni sekyuritizatsiyalashning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga ta’siri va bu jarayondagizaif jihatlar aniqlanadi. Maqolada moliya bozorida, ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozorida institutsional investorlar faoliyati,tijorat banklari aktivlarini sekyuritizatsiyalashni rag‘batlantirish mexanizmlari va ushbu jarayon asosida muomalagachiqariladigan qimmatli qog‘ozlarni ichki va tashqi moliya bozorlarida joylashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek,sekyuritizatsiyalash amaliyotining rivojlanib borishi fond bozori vositalari jozibadorligini oshirgan holda moliyalashtirishningzamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bank balansida turgan kredit talablari bilan ta’minlanganqimmatli qog‘ozlar emissiyasi orqali resurs jalb etishga qaratilgan operatsiyalar bank aktivlarini sekyuritizatsiyalashningmuhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘riladi. Mamlakatimizda sekyuritizatsiyalash amaliyotining rivojlanishi uchun zarurinfratuzilma, bank nazorati va yagona tizimga keltirilgan reyting agentligi faoliyati muhim o‘rin tutadi. Shuningdek,O‘zbekistonda aktivlarni sekyuritizatsiya qilish amaliyotining istiqbollari, servis xizmatlari agenti vazifasini boshqaruvchiagentlar tomonidan bajarilishi, kredit portfelining minimal miqdori va xorijiy tajriba asosida bu jarayonni takomillashtirishmasalalari ochib berilgan. Sekyuritizatsiya doirasida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarning investitsion jozibadorliginioshirish, maxsus moliyaviy instrumentlardan foydalanish orqali bank aktivlarini optimallashtirish va risklarni kamaytirishimkoniyatlari baholangan. Xususan, ushbu operatsiyalar orqali kredit risklarini va kredit mablag‘lari qiymatini sezilarlidarajada pasaytirish mexanizmlari asoslab berilgan.
Keywords: tijorat banki; bank aktivlari; aktivlarni sekyuritizatsiyalash; sekyuritizatsiya; kredit riski (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/5123 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/5123/3430 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:4:id:5123
DOI: 10.5281/zenodo.15344349
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().