Aholi hayotiylik sifatining statistik tahlili
Dilshod Ostonaqulov
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3, issue 5
Abstract:
Hayot sifati murakkab va ko‘p jihatli kategoriya bo‘lib, u turli tarkibiy elementlar va ko‘rsatkichlar orqaliifodalanadi. Uning umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari — umumiy iste’mol va iste’mol imkoniyatlarini aksettirsa, nisbiy ko‘rsatkichlar hayot sifatining muayyan jihatlarini yoritadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekistonhududlari, xususan Sirdaryo viloyati aholisi hayot sifatini statistik usullar orqali chuqur tahlil qilishdan iborat. Baholashdainson rivojlanishi ko‘rsatkichlari asos sifatida tanlab olindi, shuningdek, yashash sharoitlari eng qulay bo‘lgan hududlaraniqlab berildi.Tahlil jarayonida ko‘p o‘lchovli statistik yondashuvlar, jumladan, klaster tahlili qo‘llanildi. Klasterlash natijasida O‘zbekistonRespublikasi hududlari hayot sifati mezonlari asosida tasniflandi va Sirdaryo viloyatining ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yichatutgan nisbiy o‘rni aniqlashtirildi. Tadqiqot yakunida tug‘ilish paytidagi kutilayotgan umr davomiyligini iqtisodiy-metrikmodellashtirish amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich hayot sifatining eng muhim determinantlaridan biri sifatida baholandi.Tadqiqot natijalari ijtimoiy siyosatni shakllantirishda, hududiy farovonlikni baholashda hamda aholi turmush darajasinirejalashtirishda statistik vosita sifatida qo‘llanishi mumkin.
Keywords: aholi hayoti sifati; inson rivojlanishi indeksi (IRI); statistik tahlil; ko‘p o‘lchovli tahlil; klaster tahlili; iqtisodiymetrik modellashtirish; kutilayotgan umr davomiyligi; demografik ko‘rsatkichlar; ekologik omillar. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/5781 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/5781/4064 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:i:5:id:5781
DOI: 10.5281/zenodo.15654510
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().