OROL DENGIZI INQIROZI OQIBATIDA YER DEGRADATSIYASI VA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH IMKONIYATLARI: QORAQALPOG‘ISTON MISOLIDA (NDVI VA NDMI TAHLILI ASOSIDA)
Shahzoda Nurmatova,
Bakhitjan Oralbaev,
Iroda Ruziyeva and
Nigora Turopova
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2025, vol. 3
Abstract:
Orol dengizining qurishi natijasida uning qurigan tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlar qishloq xo‘jaligimaydonlariga hamda aholi punktlariga tarqalib, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, hosildorlikning pasayishi va aholiningsog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli cho‘llanish jarayonini masofaviy zondlash asosida monitoring qilish vabashoratlash Orolbo‘yi kabi keng hududlar uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda 1990–2024-yillar orasidayoz mavsumida olingan Landsat 5, 8 va 9 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida yer qoplamidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi.Landshaftdan foydalanish va yer qoplami (LULC), Normallashtirilgan Vegetatsiya Indeksi (NDVI) va Namlik Indeksi(NDMI) hisoblandi va solishtirildi. Hududning kengligi sababli to‘liq qamrovga erishish uchun bir nechta sun’iy yo‘ldoshtasvirlari mozaikalashtirildi. NDVI natijalari 2024-yilga kelib zich vegetatsiya zonalari 1990-yilga nisbatan kengayganiniko‘rsatdi. Bu esa ayrim vodiylarda qurigan suv sathlarining asta-sekin o‘simlik bilan qoplanayotganini anglatadi. NDMInatijalari yuzaki namlikda keskin farqlarni aniqladi: yirik ko‘llar atrofi kuchli darajada qurigan bo‘lsa, hududning janubiyqismidagi sug‘orma yerlar nisbatan barqaror namlik darajasini saqlab qolgan. Vegetatsiya qoplami va suv resurslarininguzoq muddatli o‘zgarishini tushunish cho‘llanish xavfi ostidagi Qoraqalpog‘iston kabi hududlarda atrof-muhitni boshqarishuchun juda muhimdir. Tadqiqotda aniqlangan suv tanqisligi va vegetatsiya dinamikasidagi o‘zgarishlar yashil iqtisodiyottamoyillariga asoslangan suv va yer resurslaridan barqaror foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Vegetatsiya va namlikindekslarini doimiy monitoring qilish iqlim o‘zgarishi hamda antropogen ta’sirlarning ekologik tizimlarga ta’sirini baholashgayordam beradi va hududning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Keywords: Qoraqalpog‘iston; Orolbo‘yi; cho‘llanish; masofaviy zondlash; NDVI; NDMI; yashil iqtisodiyot; yer degradatsiyasi. (search for similar items in EconPapers)
Date: 2025
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/8196 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/8196/6411 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:3:y:2025:id:8196
DOI: 10.5281/zenodo.17870613
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().