IQTISODIY FAOLLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN DAVLAT FISKAL SIYOSATI HOLATI TAHLILI
Nigora Xudayberginova
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2026, vol. 4, issue 1
Abstract:
Mazkur ilmiy maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning asosiyinstrumentlari hisoblangan fiskal (budjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatlarning o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, soliqmexanizmining tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda innovatsion rivojlanishga ta’siri kompleks yondashuv asosidabaholanadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasida 2019-yildan boshlab soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar,jumladan, umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tish mezonlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilari sonining o‘sishdinamikasi, bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlariqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.Shuningdek, soliq yukining yuqori darajasi tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda norasmiy iqtisodiyotulushining ortishiga olib kelishi mumkinligi asoslab beriladi. Umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tish uchun belgilanganchegaraviy miqdorlarning inflyatsiya darajasi, ish haqi o‘sishi va valyuta kursi o‘zgarishlari bilan solishtirma tahlili asosidaamaldagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi.Maqolada innovatsion faoliyatni soliqlar orqali rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, innovatsion korxonalar,innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy qiluvchi tashkilotlar, innovatsion mahsulot iste’molchilari hamda innovatsioninfratuzilma subyektlari uchun differensial soliq mexanizmlarini qo‘llash zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Xalqaro tajriba,xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi misolida soliq rejimlarining kichik biznes subyektlariga ta’sirisolishtirma tahlil qilinadi.
Keywords: Fiskal siyosat; monetar siyosat; soliq mexanizmi; qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); umumbelgilangan soliq rejimi; bazaviy hisoblash miqdori; soliq yuki; tadbirkorlik subyektlari; innovatsion rivojlanish; soliq imtiyozlari; innovatsion korxona; soliq samaradorligi; iqtisodiy rag‘batlantirish; norasmiy iqtisodiyot (search for similar items in EconPapers)
Date: 2026
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/8764 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/8764/6963 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:1:id:8764
DOI: 10.5281/zenodo.18267190
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().