MHXS ASOSIDA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING BUGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYALARI
Baxodir Alimov
GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2026, vol. 4, issue 2
Abstract:
Ushbu ilmiy maqolada sug‘urta kompaniyalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilni Moliyaviy hisobotningxalqaro standartlari (MHXS), xususan IFRS 17 talablari asosida takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotningasosiy maqsadi sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirish, sug‘urta majburiyatlarini aniq baholashhamda risklarni samarali boshqarish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.Maqolada xalqaro tajribalar asosida sug‘urta kompaniyalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, moliyaviy tahlilnirivojlantirish va uning boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi strategik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tizimliyondashuv, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik usullar hamda SWOT-tahlil metodlaridan foydalanildi. Rivojlangan davlatlarsug‘urta kompaniyalarining 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish tendensiyalari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlariva kapital yetarliligi darajasi tahlil qilindi.Tadqiqot natijalari MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligi va shaffofliginioshirishga, investitsiya jozibadorligini kuchaytirishga hamda risklarni yanada aniq baholashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.Shuningdek, raqamli texnologiyalarni hisob va tahlil jarayonlariga integratsiya qilish sug‘urta kompaniyalarining operatsionsamaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.Tadqiqot yakunida sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tizimini modernizatsiya qilish, aktuar tahlilni rivojlantirishhamda moliyaviy tahlilni strategik boshqaruv tizimi bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.Ushbu natijalar sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va ularning xalqaro moliya bozorlarigaintegratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Keywords: MHXS; sug‘urta kompaniyalari; buxgalteriya hisobi; moliyaviy tahlil; IFRS 17; risklarni boshqarish; investitsiya faoliyati; sug‘urta zaxiralari; xalqaro tajriba; moliyaviy barqarorlik (search for similar items in EconPapers)
Date: 2026
References: Add references at CitEc
Citations:
Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/9241 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... e/download/9241/7438 Full text (application/pdf)
Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.
Export reference: BibTeX
RIS (EndNote, ProCite, RefMan)
HTML/Text
Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:2:id:9241
DOI: 10.5281/zenodo.18663110
Access Statistics for this article
More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().