EconPapers    
Economics at your fingertips  
 

O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING XARAJAT-FOYDA TAHLILI

Olim Omonov

GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT, 2026, vol. 4, issue 6

Abstract: Mazkur maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarningiqtisodiy samaradorligi xarajat-foyda tahlili asosida ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqotda Sog‘liqni saqlashvazirligining 2021–2026-yillardagi moliyalashtirish ma’lumotlari, axborot tizimlari auditi natijalari hamdaraqamlashtirish jarayoniga oid ma’muriy hujjatlar asosiy axborot manbasi sifatida foydalanilgan. Tahlil natijalarisog‘liqni saqlash tizimida mavjud axborot resurslarini yagona DMED platformasi doirasida konsolidatsiyaqilish iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘layotganini ko‘rsatadi. Xususan, platformani ichkiresurslar hisobidan ishlab chiqish orqali qariyb 58 mlrd so‘mlik ekvivalent xarajatlarning oldi olingani, alohidaaxborot tizimlari funksiyalarini yagona platformaga integratsiya qilish natijasida ishlab chiqish, litsenziyalashva texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyati yaratilgani asoslab berilgan. Shuningdek,laboratoriya xizmatlari samaradorligining ortishi, hujjat aylanishi jarayonlarining soddalashuvi, takroriy tibbiytekshiruvlarning kamayishi hamda tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha xarajatlarsiz o‘qitish imkoniyatlari raqamlitransformatsiyaning muhim operatsion afzalliklari sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlashtizimini raqamlashtirishda iqtisodiy samara faqat investitsiyalar hajmiga emas, balki ularni konsolidatsiya,interoperabellik va resurslardan oqilona foydalanish tamoyillari asosida tashkil etishga ham bog‘liqliginiko‘rsatadi. Olingan ilmiy xulosalar sog‘liqni saqlash tizimida raqamli transformatsiyani strategik rejalashtirish,investitsiyalar samaradorligini baholash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

Keywords: sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish; DMED platformasi; xarajat-foyda tahlili; konsolidatsiya; interoperabellik; raqamli salomatlik; investitsiya samaradorligi; axborot tizimlari (search for similar items in EconPapers)
Date: 2026
References: Add references at CitEc
Citations:

Downloads: (external link)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... D/article/view/11117 Abstract page (text/html)
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/i ... /download/11117/9262 Full text (application/pdf)

Related works:
This item may be available elsewhere in EconPapers: Search for items with the same title.

Export reference: BibTeX RIS (EndNote, ProCite, RefMan) HTML/Text

Persistent link: https://EconPapers.repec.org/RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:6:id:11117

DOI: 10.5281/zenodo.20749684

Access Statistics for this article

More articles in GREEN ECONOMY AND DEVELOPMENT from "Ma'rifat-Print-Media" LLC, Tashkent State University of Economics
Bibliographic data for series maintained by Xayrulla ().

 
Page updated 2026-07-22
Handle: RePEc:teu:ged000:v:4:y:2026:i:6:id:11117